TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
O‘ZBEK VA RUS TIBBIY KOMMUNIKATSIYASIDA PATOLOGIK TERMINLARNING SEMANTIK VA PRAGMATIK TRANSFORMATSIYASI
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek va rus tibbiy kommunikatsiyasida patologik terminlarning mutaxassislararo nutqdan shifokor-bemor muloqotiga o‘tish jarayonida yuz beradigan semantik va pragmatik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Termin ma’nosining to‘liq almashishi emas, balki bir xil klinik mazmunning turli kommunikativ vaziyatlarda qayta nomlanishi, izohlanishi, torayishi, kengayishi yoki yumshatilishi “transformatsiya” sifatida qaraladi. O‘zbek va rus tillaridagi amaliy misollar asosida sinonimik almashtirish, tavsifiy izohlash, metonimik qisqartirish va deontologik yumshatish usullari ko‘rsatiladi.
Semantic and Pragmatic Transformation of Pathological Terms in Uzbek and Russian Medical Communication
The article analyzes the semantic and pragmatic shifts of pathological terms during their transition from intra-professional discourse to doctor-patient communication in Uzbek and Russian medical contexts. "Transformation" is regarded not as a complete shift in a term's meaning, but rather as the renaming, explanation, narrowing, broadening, or softening of the same clinical content across diverse communicative situations. Drawing on practical examples from the Uzbek and Russian languages, the paper demonstrates methods such as synonymic substitution, descriptive explanation, metonymic reduction, and deontological mitigation.
Kalit so'zlar: tibbiy diskurs, patologik termin, semantika, pragmatika, shifokor-bemor muloqoti, sinonim, evfemizatsiya, kommunikativ moslashuv.