TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Xitoy tilidagi ellipsisni o‘zbek auditoriyasida o‘qitish: pragmatik yondashuv
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchi talabalarning xitoy tilidagi ellipsisni tushunish va qo‘llashda duch keladigan qiyinchiliklari ko‘rib chiqiladi hamda uni o‘qitishning pragmatik yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqotning maqsadi — ikki tilda tushirib qoldirilgan unsurlarning qanday tiklanishini qiyosiy tahlil qilish orqali bu qiyinchiliklarni izohlash. Tadqiqot materiali sifatida xitoy tilidagi javobdagi ellipsis, to‘ldiruvchi ellipsisi va mavzu zanjiridagi ellipsis misollari hamda ularning o‘zbekcha muqobillari olindi; asosiy usullar — qiyosiy va diskursiv-pragmatik tahlil. Asosiy qiyinchilik grammatikaning o‘zida emas, balki tiklanish mexanizmida ekani ko‘rsatiladi. Birinchi va ikkinchi shaxsda o‘zbek tili tushirib qoldirilgan egani fe’lning shaxs qo‘shimchasi orqali tiklaydi, xitoy tilida esa moslashuv yo‘q va tiklanish butunlay kontekst hamda mavzu uzluksizligiga tayanadi. Shu sababli o‘zbek o‘quvchilariga tushirib qoldirish g‘oyasining o‘zi tanish, biroq xitoy tili uni qaysi diskursiv sharoitda qo‘llashga yo‘l qo‘yishi yoki talab qilishi notanish. Talabalar nutqidagi ikki odatiy moyillik tavsiflanadi: olmoshlarni, ayniqsa 我 olmoshini, ortiqcha qo‘llash va mavzu almashganda unsurni tushirib qoldirish. Shu asosda to‘rtta o‘quv topshirig‘i taklif qilinadi: tiklash, qisqartirish, parallel o‘qish va mavzu zanjirini kuzatish. Natijalardan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xitoy tilini chet til sifatida o‘qitishda foydalanish mumkin.
Teaching ellipsis in Chinese to Uzbek-speaking learners: a pragmatic approach
The paper examines the difficulties that Uzbek-speaking learners face in understanding and producing ellipsis in Mandarin Chinese and proposes a pragmatically oriented approach to teaching it. The aim of the study is to explain these difficulties through a contrastive analysis of how the two languages make omitted elements recoverable. The material consists of examples of answer, object and topic-chain ellipsis in Chinese and their Uzbek counterparts; contrastive and discourse-pragmatic analysis are used as the main methods. It is argued that the main difficulty lies not in grammar as such but in the mechanism of recovery. In the first and second person, Uzbek recovers the omitted subject from the personal ending of the verb, whereas Chinese has no verbal agreement and depends entirely on discourse context and topic continuity. Uzbek learners are therefore familiar with the idea of omission but not with the discourse conditions under which Chinese allows or expects it. Two typical learner tendencies are described: overuse of pronouns, especially of the first-person 我, and omission at the point of topic change. On this basis, four classroom tasks are proposed: restoration, reduction, parallel reading and topic-chain tracking. The findings can be used in teaching Chinese as a foreign language at Uzbek universities.
Kalit so'zlar: ellipsis, nol anafora, mavzu zanjiri, xitoy tili chet til sifatida, o‘zbek tili, pragmatika