TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
ERIX KЕSTNЕRNING „EMIL UND DETEKTIVE“ (“EMIL VA IZQUVARLAR”) QISSASI MISOLIDA FRAZЕOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISHDAGI O‘ZIGA XOS MUAMMOLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada nemis yozuvchisi Erix Kestnerning «Emil und Detektive» («Emil va izquvarlar») nomli bolalar qissasida qo‘llangan frazeologik birliklarni nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va uslubiy muammolar tahlil qilindi. Mazkur maqolada frazeologik birliklarning to‘liq, qisman va nol muqobillik holatlari hamda ularni tarjima qilishda qo‘llaniladigan usullar yoritildi. Kestner asaridagi misollar tahlili asosida frazeologizmlarni tarjima qilishda mazmun, obraz, uslub va milliy xususiyatlarni uyg‘un holda saqlash zarurligi asoslandi.
SPECIFIC PROBLEMS IN TRANSLATING PHRASEOLOGISMS USING THE EXAMPLE OF ERICH KESTNER'S SHORT STORY "EMIL UND DETEKTIV"
This article analyzes the linguistic and stylistic problems arising in the process of translating phraseological units used in the children's story "Emil und Detektiv" ("Emil and the Detectives") by the German writer Erich Kestner from German to Uzbek. This article highlights the cases of complete, partial, and zero equivalence of phraseological units, as well as the methods used in their translation. Based on the analysis of examples from Kestner's work, the need to harmoniously preserve content, image, style, and national characteristics in the translation of phraseological units was substantiated.
Kalit so'zlar: frazeologizm, frazeologik birlik, frazeologik muqobillik, to‘liq muqobillik, qisman muqobillik, nol muqobillik, frazeologik tarjima, badiiy tarjima.