ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Uch tilli tizimdagi interferensiya: oʻzbek talabalarining nemischa nutqi shakllanishida ona tili, ikkinchi va uchinchi tillarning oʻzaro taʼsiri

Askarova, Shahnoza Ismailovna

Ферганский государственный университет

2026-10-03 · pp. 88–92 · DOI: 10.5281/zenodo.23278006 · UDK 811.111

Annotatsiya

Maqola «o‘zbek tili (L1) — ingliz tili (L2) — nemis tili (L3)» uch tilli tizimida interferensiyani tillar o‘rtasidagi mustaqil binar munosabatlar yig‘indisiga keltirib bo‘lmaydigan ko‘p omilli tillararo o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning empirik asosini A2–B2 darajadagi nemis tili yo‘nalishi talabalarining yozma ishlari hamda og‘zaki nutq yozuvlari tashkil etadi. Tadqiqot metodologiyasi interferensiya xatolarini tahlil qilish, ularning manbasini uch tomonlama qiyosiy tahlil asosida aniqlash, shuningdek, o‘zbek, ingliz va nemis tillarining strukturaviy-tizimli hamda funksional-semantik xususiyatlarini kontrastiv tadqiq etishni qamrab oladi. Bundan tashqari, ingliz tilini turli darajada egallagan sinaluvchilar kichik guruhlarining lingvistik faoliyati qiyosiy tahlil qilindi. Bu esa tillararo transfer mexanizmlarining variativligini aniqlash imkonini berdi.

Triadic interference: the interaction of the first, second and third languages in the german speech of uzbek students

The article investigates interference within the triadic language system “Uzbek (L1) — English (L2) — German (L3)” as a multifactorial process of cross-linguistic interaction that cannot be reduced to a combination of autonomous binary relationships between the languages. The empirical basis of the study comprises written productions and recordings of the oral speech of students of German at A2–B2 proficiency levels. The methodological framework includes an analysis of interference errors followed by source attribution through three-way comparative analysis, as well as a contrastive investigation of the structural-systemic and functional-semantic characteristics of Uzbek, English, and German. In addition, the linguistic performance of participant subgroups with different levels of English proficiency was compared, making it possible to identify variability in the mechanisms of cross-linguistic transfer.

Kalit so'zlar: trilingvizm, triadik interferensiya, uchinchi til, tillararo taʼsir, konvergent interferensiya, konvergent lakuna, kompensatsiyalovchi koʻchirish, oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi