TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
NEMIS TILINI O‘QITISHDA O‘QUV RESURSLARINI TANLASH VA MOSLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA METODIK YECHIMLAR
Farg`ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada nemis tilini o‘qitishda o‘quv resurslari va materiallarini tanlash, moslashtirish hamda tizimli qo‘llash bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy-pedagogik adabiyotlar, Yevropa tillar bo‘yicha tavsiyalar hamda nemis tilini raqamli muhitda o‘qitishga doir amaliy resurslarni qiyosiy o‘rganish asosida olib borildi. Tahlil natijalari onlayn ta’lim samaradorligi resurslar soniga emas, balki ularning kommunikativ maqsadga muvofiqligi, darajaga mosligi, autentikligi, interaktivligi va o‘qituvchi tomonidan pedagogik jihatdan to‘g‘ri integratsiya qilinishiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
SELECTION AND ADAPTATION OF LEARNING RESOURCES IN TEACHING GERMAN: PROBLEMS AND METHODOLOGICAL
This article analyses the challenges of selecting, adapting and systematically using learning resources in German language teaching. The study is theoretical and analytical and is based on a comparative review of pedagogical literature, European language education recommendations and practical digital resources for teaching German. The analysis shows that the effectiveness of online learning depends not on the quantity of materials but on their communicative relevance, level appropriateness, authenticity, interactivity and pedagogically sound integration into the learning process.
Kalit so'zlar: onlayn ta’lim, nemis tili, raqamli resurs, autentik material, interaktiv metod, kommunikativ kompetensiya, individual yondashuv, feedback