ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Sun’iy intellektga asoslangan didaktik model: nemis tilini o‘qitishda metodik vazifalar, tamoyillar va bosqichlar

Komilov, Furqat

Farg'ona davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 27–33 · DOI: 10.5281/zenodo.23277937 · UDK 37

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada nemis tilini o‘qitish jarayonida sun’iy intellektga asoslangan didaktik modelni shakllantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining chet til ta’limidagi metodik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning til o‘rganuvchilarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, o‘quv faoliyatini diagnostika qilish, xatolarni aniqlash va tahlil qilish, adaptiv ta’limni tashkil etish hamda metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni asoslangan. Maqolada sun’iy intellektning nemis tilini o‘qitish jarayonidagi diagnostik, korrektiv, adaptiv, metodik qaror qabul qilish va motivatsion vazifalari tizimlashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan didaktik modelning adaptivlik, interaktivlik, metakognitiv qo‘llab-quvvatlash va kommunikativ yo‘naltirilganlik tamoyillari ochib berilgan. Tadqiqotda mazkur modelni amalga oshirishning diagnostika, rejalashtirish, mashq qilish, monitoring, refleksiya va baholash bosqichlari izchil tavsiflangan. Sun’iy intellekt yordamida fonetik, leksik, grammatik va pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirish, individual topshiriqlarni shakllantirish, tezkor qayta aloqa (feedback) berish va o‘quv natijalarini dinamik monitoring qilish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Natijada sun’iy intellektga asoslangan didaktik model nemis tilini o‘qitish jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, adaptiv, interaktiv, refleksiv va metodik jihatdan asoslangan tizimga aylantirish imkonini beruvchi zamonaviy pedagogik mexanizm sifatida talqin etilgan.

An AI-Based Didactic Model: Methodological Tasks, Principles, and Stages in Teaching German

Abstract. This article examines the theoretical and methodological foundations of developing an artificial intelligence-based didactic model for teaching German. The study analyzes the methodological potential of artificial intelligence technologies in foreign language education and substantiates their role in developing individualized learning trajectories, diagnosing learning activities, identifying and analyzing errors, organizing adaptive learning, and developing learners’ metacognitive skills. The article systematizes the diagnostic, corrective, adaptive, methodological decision-making, and motivational functions of artificial intelligence in the process of teaching German. It also describes the principles of adaptability, interactivity, metacognitive support, and communicative orientation underlying the AI-based didactic model. The study provides a systematic description of the stages of implementing the model, including diagnosis, planning, practice, monitoring, reflection, and assessment. Particular attention is paid to the potential of artificial intelligence for developing phonetic, lexical, grammatical, and pragmatic competencies, generating individualized tasks, providing immediate feedback, and dynamically monitoring learning outcomes. The study concludes that an AI-based didactic model can serve as a modern pedagogical mechanism for transforming German language teaching into a learner-centered, adaptive, interactive, reflective, and methodologically grounded educational system.

Kalit so'zlar: Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, didaktik model, nemis tili, chet til ta’limi, adaptiv ta’lim, kommunikativ kompetensiya, diagnostika, individual ta’lim trayektoriyasi, metakognitiv kompetensiya, feedback, raqamli didaktika.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi