ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Ingliz va o'zbek tillarida transport nomlarini hosil qilish usullari.

Ergasheva, Baxtiniso Uktam qizi

24-maktab (Koson tumani)

2026-10-03 · pp. 79–81 · DOI: 10.5281/zenodo.23281484 · UDK 811.111

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz hamda o'zbek tillarida transport vositalari nomlarini hosil qiluvchi so'z yasalish usullari qiyosiy va tipologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — ikki til-dagi transport terminologiyasini yasovchi asosiy morfologik va leksik-semantik usullarni aniqlash hamda ularning umumiy va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat hisoblanadi. Tadqiqot uchun ingliz va o'zbek tillarining izohli hamda tarmoq lug'atlaridan tanlab olingan 120 dan ortiq transport termini tavsifiy, komponent (morfemik) va qiyosiy-tipologik metodlaridan foydalangan holda tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, ingliz tilida qo'shma so'z yasalishi, qisqartirish va konversiya singari usullar keng doirada qo'llanilsa, o'zbek tilida affiksatsiya, qo'shma so'z yasalishi va o'zlashtirish usullari asosiy o'rin tutadi. Mazkur farq ikki tilning tipologik tabiati (analitik va agglyutinativ) hamda tarixiy til aloqalari bilan izohlanadi. Tadqiqot xulosalari qiyosiy tilshunoslik, terminologiya va tarjima nazariyasi sohalarida amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

The ways of forming transport names in English and Uzbek names.

This article presents a comparative-typological analysis of the word-formation methods involved in creating the names of means of transport in English and Uzbek. The aim of the study is to iden-tify the main morphological and lexico-semantic methods that form transport terminology in both languages and to determine their similarities and differences. The material comprises more than 120 transport terms selected from explanatory and specialized dictionaries of English and Uzbek, analyzed using descriptive, component (morphemic), and comparative-typological methods. The results show that English actively employs compounding, clipping, and conversion, whereas Uz-bek is dominated by affixation, compounding, and borrowing. This difference is explained by the typological nature of the two languages (analytic and agglutinative) and by historical language contact. The conclusions are of practical value for comparative linguistics, terminology studies, and translation theory.

Kalit so'zlar: so'z yasalishi, transport terminologiyasi, affiksatsiya, qo'shma so'z, o'zlashtirish, qiyosiy til-shunoslik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi