TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
NEMIS TILINI O‘QITISHDA LINGVISTIK XATOLARNI DIFFERENSIAL-METAKOGNITIV KORREKSIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
Farg'ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik xatolarni differensial-metakognitiv yondashuv asosida korreksiyalashning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Xato o‘quv faoliyatining salbiy natijasi sifatida emas, balki talabaning lingvistik bilimlari, kognitiv strategiyalari va o‘z-o‘zini nazorat qilish darajasini aniqlash imkonini beruvchi diagnostik vosita sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda differensial korreksiyani faqat til bilish darajasiga ko‘ra emas, balki xatoning kelib chiqish sababi, lingvistik murakkabligi, talabaning metakognitiv tayyorgarligi va mustaqil tuzatish imkoniyatlari asosida tashkil etish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, xatoni aniqlash, sababini anglash, individual korreksiya strategiyasini tanlash, qayta qo‘llash va reflektiv baholash bosqichlarini qamrab oluvchi differensial-metakognitiv korreksiya modeli taklif etiladi. Mazkur yondashuv nemis tili ta’limida lingvistik aniqlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, talabalarning mustaqil fikrlashi, reflektiv faoliyati va o‘z-o‘zini boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
THEORETICAL FOUNDATIONS OF DIFFERENTIATED-METACOGNITIVE CORRECTION OF LINGUISTIC ERRORS IN GERMAN LANGUAGE TEACHING
This article analyzes the theoretical foundations of correcting linguistic errors in the process of teaching German as a foreign language through a differentiated metacognitive approach. A linguistic error is interpreted not merely as a negative learning outcome, but as a diagnostic tool that makes it possible to identify learners’ linguistic knowledge, cognitive strategies, and level of self-monitoring. The study substantiates the necessity of organizing differentiated error correction not only according to language proficiency levels, but also on the basis of the causes and linguistic complexity of errors, learners’ metacognitive readiness, and their ability to correct errors independently. Furthermore, a differentiated-metacognitive correction model is proposed, incorporating the stages of error identification, awareness of its causes, selection of an individual correction strategy, subsequent application, and reflective evaluation. This approach contributes not only to the development of linguistic accuracy in German language education but also to the formation of learners’ independent thinking, reflective activity, and self-regulation competencies.
Kalit so'zlar: nemis tili, lingvistik xato, differensial korreksiya, metakognitiv yondashuv, refleksiya, o‘z-o‘zini nazorat qilish, korrеktiv aloqa, lingvistik kompetensiya, til o‘rganish strategiyalari, mustaqil ta’lim.