TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ANDISHA VA IMPLITSIT MAZMUN FIGURALARINING STRUKTUR QIYOSI
Qo'qon Universiteti
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillarida andisha va implitsit mazmun figuralari (ellipsis, aposiopesis, ritorik so‘roq gaplar)ning qiyosiy-struktur hamda funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Ishda ingliz tilidagi ellipsis asosan sintaktik tejamkorlik (xizmatchi so‘zlar, yordamchi fe’llar va bog‘lamaning tushishi) hisobiga voqelanishi, o‘zbek tilida esa agglyutinativ tabiat tufayli mazmuniy markaz (kesim) tushirilib, grammatik aloqalar affikslar zanjiri orqali saqlanishi asoslab berilgan. Shuningdek, aposiopesisning o‘zbek muloqot etiketidagi andisha konsepti bilan bevosita bog‘liqligi, ritorik so‘roq gaplarning ingliz tilida sintaktik inversiya va modal operatorlar, o‘zbek tilida esa morfologik yuklamalar (-mi, -chi, -yam) vositasida yuzaga kelishi ilmiy dalillangan.
STRUCTURAL COMPARISON OF TACT (ANDISHA) AND IMPLICIT MEANING FIGURES IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
This study investigates the comparative-structural and functional characteristics of syntactic-stylistic figures of modesty and implicit meaning (ellipsis, aposiopesis, rhetorical questions) in Uzbek and English. The research demonstrates that ellipsis in English predominantly operates at the syntactic level as grammatical compression (omission of function words, auxiliary verbs, and copulas), whereas in the agglutinative Uzbek language, the semantic nucleus (predicate) is omitted while grammatical relations are sustained through affixal chains. Furthermore, aposiopesis in Uzbek is substantiated as a syntactic manifestation of the cultural concept of andisha (modesty/delicacy), while rhetorical questions are formed via syntactic inversion and modal operators in English versus morphological particles (-mi, -chi, -yam) in Uzbek.
Kalit so'zlar: sintaktik-stilistik figuralar, ellipsis, aposiopesis, ritorik so‘roq, andisha, implitsit mazmun, chog‘ishtirma stilistika, agglyutinativ til, lingvokulturema.