TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
Kollokatsiyalarni korpus asosida aniqlashning nazariy va metodologik asoslari
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktorant
Annotatsiya
Mazkur maqolada kollokatsiyalarni korpus asosida aniqlashning nazariy va metodologik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda kollokatsiyalarning oddiy so‘z birikishidan farqli jihatlari, ularning barqarorligi, tipikligi, kontekstual va distributsion xususiyatlari hamda leksik tanlov bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Korpus yondashuvining asosiy afzalligi til birliklarining real nutqdagi qo‘llanishini kuzatish, nazariy qarashlarni empirik material asosida tekshirish va kollokatsion munosabatlarning muntazamligini aniqlash imkoniyati bilan izohlanadi.
Theoretical and methodological foundations of corpus-based identification of collocations
This article examines the theoretical and methodological foundations of corpus-based identification of collocations. It focuses on the distinctive features of collocations as opposed to free word combinations, with particular attention to collocational stability, typicality, contextual and distributional properties, and lexical choice. The corpus-based approach provides an opportunity to investigate the actual use of linguistic units, verify theoretical assumptions through empirical evidence, and identify recurrent patterns of lexical combination.