ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

Yoshga oid diskurs nazariyasining shakllanishi: yondashuvlar paradigmasi

Axrorova, Ruzixon Usmanovna

Farg'ona davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 53–57 · DOI: 10.5281/zenodo.23277857 · UDK 81

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda yoshga oid diskurs nazariyasining shakllanishi va rivojlanishining nazariy asoslari tadqiq etiladi. Yoshni nutqiy va diskursiv faoliyatning muhim omili sifatida o‘rganishga asos bo‘lgan asosiy ilmiy yondashuvlar va paradigmalarga alohida e’tibor qaratiladi. Yoshga oid diskursni tadqiq etishda lingvistik, sotsiolingvistik, psixolingvistik, kognitiv, kommunikativ-pragmatik va lingvokulturologik yondashuvlarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh, nutqiy xulq-atvor, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy tajriba va kognitiv jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritiladi. Turli yosh guruhlariga xos diskursning lingvistik xususiyatlarini aniqlashda antropotsentrik va fanlararo paradigmalarning ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari yoshga oid diskursning biologik, ijtimoiy, kognitiv, madaniy va kommunikativ omillarning o‘zaro ta’siri asosida shakllanuvchi ko‘p qirrali lingvistik hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur yondashuvlar yoshga oid diskursni nazariy jihatdan tizimlashtirish va turli yosh guruhlari nutqini qiyosiy o‘rganish uchun metodologik asos yaratadi.

THE FORMATION OF THE THEORY OF AGE-RELATED DISCOURSE: A PARADIGM OF APPROACHES

his article examines the theoretical foundations of the formation and development of the theory of age-related discourse within contemporary linguistics. Particular attention is paid to the main scientific approaches and paradigms that have contributed to the study of age as a significant factor in speech and discourse. The study analyzes linguistic, sociolinguistic, psycholinguistic, cognitive, communicative-pragmatic, and linguocultural approaches to age-related discourse. The relationship between age, speech behavior, communicative competence, social experience, and cognitive processes is considered. The article also clarifies the role of anthropocentric and interdisciplinary paradigms in identifying the linguistic characteristics of discourse associated with different age groups. The analysis demonstrates that age-related discourse should be regarded as a multidimensional linguistic phenomenon shaped by the interaction of biological, social, cognitive, cultural, and communicative factors. The findings contribute to the theoretical systematization of approaches to age-related discourse and provide a basis for further comparative studies of discourse across different age groups.

Kalit so'zlar: yoshga oid diskurs, diskurs nazariyasi, yosh omili, lingvistik yondashuv, sotsiolingvistik yondashuv, psixolingvistik yondashuv, kognitiv yondashuv, kommunikativ-pragmatik yondashuv, lingvokulturologik yondashuv, antropotsentrik paradigma, nutqiy xulq-atvor, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy tajriba, kognitiv jarayonlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi