ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR

NIKOH MAROSIMIGA OID LEKSIK BIRLIKLARNING O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDAGI CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI

Aripova, Shodiyaxon Maxmudovna

Farg'ona davlat universiteti

2026-10-03 · pp. 10–12 · DOI: 10.5281/zenodo.23281480 · UDK 81'25

Annotatsiya

Mazkur maqolada nikoh marosimiga oid leksik birliklarning o‘zbek va nemis tillaridagi semantik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda nikoh jarayonining turli bosqichlarini ifodalovchi birliklar, xususan, o‘zbek tilidagi sovchi, sovchilik, fotiha, unashtirish, quda, kelin, kuyov, kelin salom kabi birliklar hamda nemis tilidagi die Ehe, die Hochzeit, die Verlobung, die Trauung, die Braut, der Bräutigam, die Hochzeitsfeier kabi birliklarning ma’no doirasi va qo‘llanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Qiyoslash natijasida umumiy semantik maydonga mansub ekvivalentlar bilan bir qatorda, milliy-madaniy mazmuni kuchli bo‘lgan va to‘liq ekvivalentga ega bo‘lmagan birliklar ham mavjudligi aniqlanadi. Tadqiqot qiyosiy tilshunoslik, lingvokulturologiya va tarjimashunoslik uchun muhim bo‘lgan xulosalarni beradi.

A COMPARATIVE ANALYSIS OF LEXICAL UNITS RELATED TO WEDDING CEREMONIES IN THE UZBEK AND GERMAN LANGUAGES

This article presents a comparative analysis of lexical units related to marriage ceremonies in Uzbek and German. The study focuses on the semantic and linguocultural characteristics of lexical items referring to different stages of the marriage process. Uzbek units such as sovchi, sovchilik, fotiha, unashtirish, quda, kelin, kuyov and kelin salom are compared with German units including die Ehe, die Hochzeit, die Verlobung, die Trauung, die Braut, der Bräutigam and die Hochzeitsfeier. The analysis demonstrates that the two languages share a common semantic field of marriage-related vocabulary, while a number of units possess culture-specific meanings and lack direct equivalents. The findings are relevant to comparative linguistics, linguoculturology and translation studies.

Kalit so'zlar: nikoh marosimi, leksik birlik, o‘zbek tili, nemis tili, qiyosiy tahlil, lingvokulturologiya, milliy-madaniy leksika, tarjima.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi