TIL, TARJIMA VA TA’LIM: GLOBAL KOMMUNIKATSIYA VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR DAVRIDA YANGI YONDASHUVLAR
O‘qituvchining raqamli kompetensiyasi: xorijiy til ta’limida baholash va talabalar topshiriqlarini monitoring qilish imkoniyatlari
Annotatsiya
Maqolada xorijiy til ta’limida o‘qituvchining raqamli kompetensiyasi, uning talabalar til ko‘nikmalarini baholash hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini monitoring qilishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi xorijiy til o‘qituvchisining raqamli kompetensiyasini faqat texnik vositalardan foydalanish malakasi sifatida emas, balki talabaning o‘quv faoliyati haqidagi raqamli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ular asosida pedagogik qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi kasbiy kompetensiya sifatida yoritishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Xorijiy til ta’limidagi listening, speaking, reading va writing ko‘nikmalarini raqamli vositalar yordamida baholash va rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyatlari amaliy misollar asosida yoritildi. Shuningdek, topshiriqni bajarish muddati, muntazamlik, qayta ishlash, o‘qituvchi feedbackidan foydalanish va refleksiya kabi ko‘rsatkichlarni monitoring qilishga asoslangan yondashuv taklif qilindi. Natijada xorijiy til o‘qituvchilari uchun “Digital Language Progress Map” monitoring modeli ishlab chiqildi. Mazkur model talabaning yakuniy natijasini qayd etish bilan cheklanmay, uning individual rivojlanish dinamikasini aniqlash, o‘quv qiyinchiliklarini erta tashxislash va individual pedagogik yordamni tashkil etishga xizmat qiladi.
Teachers’ Digital Competence: Opportunities for Assessment and Monitoring Students’ Tasks in Foreign Language Education
The article examines foreign language teachers’ digital competence and its pedagogical potential for assessing students’ language skills and monitoring independent learning tasks. The study aims to conceptualise teachers’ digital competence not merely as the ability to use digital tools but as a professional competence that enables teachers to collect, analyse, and pedagogically interpret data on students’ learning activities. The study employs analysis of scientific and pedagogical literature, comparative analysis, systematisation, generalisation, and pedagogical modelling. Practical examples are used to demonstrate how digital technologies can support the assessment and progress monitoring of listening, speaking, reading, and writing skills. The article also proposes an approach to monitoring independent learning tasks through indicators such as timely completion, regularity of learning activity, use of feedback, task revision, and reflection. As a result, the Digital Language Progress Map model is proposed, integrating the monitoring of language skills, independent learning, and students’ reflective activity. It is concluded that digital monitoring enables teachers not only to record students’ final performance but also to identify individual progress patterns, diagnose learning difficulties at an early stage, and provide targeted pedagogical support. Thus, teachers’ digital competence contributes to more continuous, individualised, and evidence-informed assessment in foreign language education.
Kalit so'zlar: raqamli kompetensiya, xorijiy til ta’limi, raqamli baholash, topshiriqlar monitoringi, til ko‘nikmalari, mustaqil ta’lim, formativ baholash, raqamli portfolio.