ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

AVLODLARARO VORISIYLIK: IJTIMOIY-FALSAFIY MAZMUNI VA ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI

Axmadiyev, Nuriddin Muxutdinovich

Farg‘ona davlat universiteti, Falsafa kafedrasi dotsenti

2026-10-10 · pp. 607–608 · DOI: 10.5281/zenodo.23617321 · UDK 94

Annotatsiya

Mazkur maqolada avlod, avlodlararo vorisiylik va avlodlararo munosabat tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy mazmuni tahlil qilinadi. Avlodning faqat yosh yoki demografik kohorta sifatida emas, balki muayyan tarixiy-madaniy sharoit, umumiy tajriba, xotira, qadriyat va faoliyat strategiyalari asosida shakllanadigan, ichki jihatdan differensiallashgan sotsial-tarixiy birlik sifatidagi xususiyatlari ochib beriladi. Avlodlararo vorisiylik biryo‘nalishli tajriba va qadriyatlarni uzatish jarayoni emas, balki ijtimoiy tajriba, tarixiy xotira, bilim, norma, qadriyat va madaniy kodlarning tanlanishi, dialogik talqin qilinishi, o‘zaro almashilishi va yangi sharoitga mos transformatsiyalanishini ta’minlovchi murakkab transgeneratsion mexanizm sifatida asoslanadi. Tadqiqotda vorisiylikning an’ana, meros, ijtimoiylashuv, tarixiy xotira va ijtimoiy reproduksiya kabi yaqin kategoriyalardan farqli jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, avlodlararo farq, masofa, ziddiyat va uzilish tushunchalarining o‘zaro nisbatlari tahlil qilinib, konstruktiv dialog, o‘zaro tan olish, reversiv tajriba almashinuvi va ijtimoiy ishonch vorisiylikning muhim shartlari sifatida ko‘rsatiladi. Zamonaviy sharoitda raqamli transformatsiya, migratsiya, urbanizatsiya, demografik o‘zgarishlar va ekologik mas’uliyatning avlodlararo munosabatlarga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot yakunida avlodlararo vorisiylikni ta’minlashning kategoriyaviy, institutsional, kommunikativ va diagnostik muammolari tizimlashtirilib, ularni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari taklif etiladi.

Kalit so'zlar: avlod, avlodlararo vorisiylik, avlodlararo munosabat, tarixiy xotira, ijtimoiy tajriba, madaniy meros, avlodlararo dialog, ijtimoiy kapital, qadriyat, an’ana, innovatsiya, avlodlararo adolat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi