ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

1898 YILGI ANDIJON QO‘ZG‘OLONI QIRG‘IZISTON TARIXSHUNOSLIGIDA: E.A. AVAZOV TADQIQOTI TAHLILI

Ahmadqulov, Inomjon Ilxomjon o‘g‘li

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 19-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2026-10-10 · pp. 530–532 · DOI: 10.5281/zenodo.23310186 · UDK 94

Annotatsiya

Maqolada 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘olonining Qirg‘iziston tarixshunosligida o‘rganilishi E.A. Avazovning tadqiqoti misolida tahlil qilinadi. Qo‘zg‘olonning mustamlakachilikka qarshi yo‘nalishi, ko‘p millatli tarkibi va ishtirokchilarga nisbatan qo‘llangan jazolar haqidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid adabiyotlarni davrlashtirish, tarixiy baholarga siyosiy-mafkuraviy muhitning ta’siri va statistik ko‘rsatkichlarni talqin qilish masalalari yoritiladi. Sudga tortilganlar, o‘limga hukm qilinganlar va qatl etilganlarni farqlash zarurligi asoslanadi. Qo‘zg‘olonni Farg‘ona vodiysi xalqlarining umumiy tarixiy tajribasi doirasida o‘rganish muhimligi ko‘rsatiladi.

Kalit so'zlar: Andijon qo‘zg‘oloni, Dukchi eshon, Farg‘ona vodiysi, Qirg‘iziston tarixshunosligi, E.A. Avazov, mustamlakachilik, ko‘p millatli harakat, harbiy sud, tarixiy xotira.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi