QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA KIBERZO‘RAVONLIKNING IJTIMOIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti, Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
tezisda raqamli jamiyatning jadal rivojlanishi sharoitida kiberzo‘ravonlik hodisasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, shakllanish omillari va jamiyat hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning kundalik hayotga chuqur kirib borishi insonlar o‘rtasidagi muloqot, ijtimoiy munosabatlar va axborot almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, zo‘ravonlikning yangi shakllari paydo bo‘lishiga ham zamin yaratmoqda. Kiberzo‘ravonlik an’anaviy zo‘ravonlikdan makon, vaqt va auditoriya chegaralarining nisbatan yo‘qligi bilan farqlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, forumlar va boshqa raqamli platformalar orqali tahdid, haqorat, kamsitish, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish hamda ijtimoiy izolyatsiyaga olib keluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotda kiberzo‘ravonlik faqat texnologik yoki huquqiy muammo sifatida emas, balki shaxsning qadr-qimmati, ijtimoiy identifikatsiyasi, erkinligi va daxlsizligi bilan bog‘liq ijtimoiy-falsafiy hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Raqamli muhitda anonimlik va masofaviylikning mavjudligi ayrim hollarda shaxsning javobgarlik hissini susaytirishi, virtual makonda tajovuzkor xatti-harakatlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, raqamli etikani rivojlantirish, media savodxonlikni oshirish va inson huquqlarini raqamli makonda himoya qilish zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Kalit so'zlar: Raqamli jamiyat, kiberzo‘ravonlik, ijtimoiy falsafa, raqamli makon, virtual muloqot, anonimlik, raqamli etika, inson huquqlari, ijtimoiy identifikatsiya, media savodxonlik.