QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
TADBIRKORLIK MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
Falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Annotatsiya
Mazkur tezisda tadbirkorlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy asoslari, uning jamiyat taraqqiyoti, shaxsning ijtimoiy faolligi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadbirkorlik madaniyatining iqtisodiy bilimlar, axloqiy qadriyatlar, mehnatga munosabat, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash va ijtimoiy mas’uliyat bilan o‘zaro aloqasi yoritilgan. Shuningdek, oila, ta’lim muassasalari, ijtimoiy muhit va fuqarolik jamiyati institutlarining tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan. Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy manfaatlar va ijtimoiy mas’uliyat uyg‘unligini ta’minlash jamiyatda ishonch, hamkorlik va barqaror taraqqiyotni mustahkamlovchi muhim omil sifatida talqin etilgan.
Kalit so'zlar: tadbirkorlik madaniyati, ijtimoiy falsafa, tadbirkorlik tafakkuri, iqtisodiy qadriyatlar, ma’naviy madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat, tashabbuskorlik, mehnat etikasi, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat taraqqiyoti.