QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
TA’LIM TIZIMIDAGI INKLYUZIVLIK FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILI
FarDU tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur tezisda ta’lim tizimida inklyuzivlik tamoyillarini qaror toptirishning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ijtimoiy-falsafiy ahamiyati tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limning har bir shaxsning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash, kamsitishning oldini olish hamda jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirishda davlat, ta’lim muassasalari, oila va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy tenglik, inson qadri, ta’lim olish huquqi, ijtimoiy adolat, bag‘rikenglik, ijtimoiy integratsiya.