QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
JADIDLAR MEROSI VA QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI: MILLIY TEATRDA O‘ZLIKNI ANGLASHNING FALSAFIY-AKSIOLOGIK ASOSLARI
AnDU Mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Turkiston jadidchilik harakati namoyandalarining teatr va dramaturgiya sohasidagi faoliyati qatag‘on qurbonlari xotirasi hamda milliy o‘zlikni anglash jarayoni bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Jadid teatrining shakllanishi faqat san’at taraqqiyoti hodisasi emas, balki xalqning ma’naviy uyg‘onishi, milliy ongining shakllanishi va mavjud ijtimoiy muammolarga tanqidiy munosabatini kuchaytirgan falsafiy-ma’rifiy jarayon sifatida talqin etiladi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”, Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?”, Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” kabi asarlari misolida jadid dramaturgiyasida ma’rifat, jaholatga qarshi kurash, milliy o‘zlik, erkinlik, adolat va inson qadr-qimmati kabi qadriyatlarning badiiy ifodasi ochib beriladi. Shuningdek, jadid namoyandalarining keyinchalik qatag‘on qilinishi ularning teatr faoliyatida ilgari surilgan g‘oyalar bilan bog‘liq holda falsafiy-aksiologik jihatdan baholanadi.
Kalit so'zlar: qatag‘on qurbonlari, tarixiy xotira, milliy o‘zlik, jadidchilik, teatr, dramaturgiya, aksiologiya, ma’rifat, milliy qadriyat, erkinlik, adolat, ma’naviy meros.