QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi: Ismoil G‘aspirali va Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyati
Ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) yo‘nalishi 1-kurs magistratura talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotidagi o‘rni yoritilgan. Xususan, Ismoil G‘aspirali tomonidan ilgari surilgan “usuli jadid” ta’lim tizimi, milliy maorif, ona tili va matbuotni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalarning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi o‘rni, yangi usul maktablarini rivojlantirish, darsliklar yaratish, matbuot va teatr sohasidagi faoliyati bayon etilgan. Behbudiyning “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali va “Padarkush” dramasi orqali xalqni ma’rifatli qilishga qo‘shgan hissasi ochib berilgan. Maqolada jadidchilik harakatining ma’rifiy yo‘nalishdan ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko‘tarilishi hamda uning milliy uyg‘onish va o‘zbek xalqining madaniy taraqqiyotidagi tarixiy ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: jadidchilik, Ismoil G‘aspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, usuli jadid, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, yangi usul maktablari, milliy maorif, matbuot, “Tarjimon” gazetasi, “Oyna” jurnali, “Padarkush” dramasi, Turkiston, milliy taraqqiyot.