QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekistonda teatr va kino san’ati rivojlanishining ayrim xususiyatlari
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani 2-IDUM direktori
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekistonda milliy san’atning shakllanishi va rivojlanishi, o‘zbek badiiy ziyolilarining tarkib topishi hamda ularning g‘oyaviy-nazariy jihatdan chiniqish jarayonlari tahlil etilgan. Unda o‘zbek professional teatrining rivojlanishi, milliy rejissura va aktyorlik maktabining shakllanishi, musiqa, opera, balet, raqs va kino san’atining taraqqiyoti yoritilgan. Shuningdek, Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Sora Eshonto‘rayeva, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Komil Yormatov, Nabi G‘aniev va boshqa san’at namoyandalarining milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatib berilgan. Maqolada mazkur davr san’atining rivojlanishiga xizmat qilgan ta’lim muassasalari va ijodiy jamoalarning faoliyati bilan bir qatorda, sovet mafkuraviy siyosatining san’at va ijodkorlar faoliyatiga ta’siri ham tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: O‘zbek milliy san’ati, teatr, musiqa, opera, balet, kino, raqs san’ati, badiiy ziyolilar, milliy rejissura, aktyorlik san’ati, kompozitorlar, sovet mafkurasi, madaniy siyosat, milliy kinematografiya.