QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
XX asrning 20–30-yillarida Adabiyot sohasidagi jarayonlarga ma’muriy buyruqbozlik tizimining ta’siri
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani 2-IDUM direktori
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekistonda adabiyot sohasida kechgan jarayonlar va ularga ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ta’siri tahlil qilinadi. Mazkur davrda sovet hokimiyati tomonidan adabiyot va san’atning partiyaviy mafkuraga bo‘ysundirilishi, ijodkorlarning faoliyati ustidan siyosiy va mafkuraviy nazoratning kuchayishi hamda “sotsialistik realizm” tamoyilining asosiy ijodiy usul sifatida qaror topishi yoritilgan. Maqolada Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Elbek kabi milliy ziyolilarning ta’qib va qatag‘onlarga uchrashi, milliy adabiy meros va tarixiy xotiraga bo‘lgan munosabat ham tahlil qilinadi. Shu bilan birga, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda va boshqa ijodkorlarning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi ham ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, sovet mafkurasi, o‘zbek adabiyoti, XX asrning 20–30-yillari, sotsialistik realizm, proletar adabiyoti, “Qizil qalam”, ijodkor ziyolilar, milliy adabiyot, adabiy meros, qatag‘on, milliy qadriyatlar, adabiy jarayon.