ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

AYOLLAR JINOYATCHILIGINING PROFILAKTIKASIDA IJTIMOIY MUHIT VA IJTIMOIY ONGNING ROLI

Raxmonov, Fayzullo

FARDU mustaqil tadqiqotchisi

2026-10-10 · pp. 239–241 · DOI: 10.5281/zenodo.23281696 · UDK 343

Annotatsiya

Tezisda ayollar jinoyatchiligining oldini olish jarayonida ijtimoiy muhit va ijtimoiy ongning o‘zaro ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ayollar jinoyatchiligi faqat individual xulq-atvor bilan bog‘liq hodisa emas, balki oila, mahalla, ta’lim, mehnat muhiti, ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar va mavjud stereotiplar bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa sifatida talqin etiladi. Ijtimoiy muhit shaxsning xulq-atvorini shakllantiruvchi tashqi sharoitlarni belgilasa, ijtimoiy ong ushbu sharoitlarni anglash, baholash va ularga munosabat bildirish mexanizmini ifodalaydi. Tadqiqotda ayollar jinoyatchiligining profilaktikasini takomillashtirish uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, huquqiy ongni rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish hamda mahalla va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini rivojlantirish zarurligi asoslanadi.

Kalit so'zlar: ayollar jinoyatchiligi, jinoyatchilik profilaktikasi, ijtimoiy muhit, ijtimoiy ong, huquqiy ong, gender stereotiplari, oila, mahalla, ijtimoiy qadriyatlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi