ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

HUDUDIY RIVOJLANISHDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINING IJTIMOIY AHAMIYATI

Maksumova, Umidaxon Sadikjonovna

Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Fardu mustaqil tadqiqotchisi

2026-10-10 · pp. 233–235 · DOI: 10.5281/zenodo.23281679 · UDK 33

Annotatsiya

Mazkur tezisda ayollar tadbirkorligining hududiy rivojlanish jarayonidagi ijtimoiy ahamiyati ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ayollar tadbirkorligi nafaqat iqtisodiy faollik shakli, balki bandlikni ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish, mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda ayollar tadbirkorligining rivojlanishi inson kapitali, iqtisodiy mustaqillik, ijtimoiy inklyuziya va gender tenglik kabi kategoriyalar bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi. Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi infratuzilmaviy, moliyaviy, axborot va ijtimoiy farqlar ayollar tadbirkorligining imkoniyatlariga ta’sir qilishi ko‘rsatiladi. Xulosa sifatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish hududiy siyosatning iqtisodiy emas, balki ijtimoiy barqarorlik va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishi ekanligi asoslanadi.

Kalit so'zlar: ayollar tadbirkorligi, hududiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, gender tenglik, bandlik, inson kapitali, iqtisodiy faollik, ijtimoiy inklyuziya, mahalla, tadbirkorlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi