QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
“XABEAS KORPUS” — SHAXS ERKINLIGI VA DAVLAT HOKIMIYATI O‘RTASIDAGI MUVOZANATNI TA’MINLASH INSTITUTI SIFATIDA
FarDU mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur tezisda “Xabeas korpus” institutining mazmun-mohiyati, shaxsning erkinligi va shaxsiy daxlsizligini ta’minlashdagi o‘rni hamda davlat hokimiyati vakolatlarini huquqiy jihatdan cheklashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xabeas korpus shaxsning noqonuniy yoki asossiz ushlab turilishi va qamoqqa olinishi ustidan sud nazoratini ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi davlat organlarining shaxs erkinligini cheklashga qaratilgan harakatlari qonuniyligi va asosliligini mustaqil sud tomonidan tekshirish imkoniyatini yaratishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasida mazkur institutning konstitutsiyaviy asoslari va shaxs erkinligini himoya qilish mexanizmlari takomillashib bormoqda. Xususan, amaldagi Konstitutsiyaning 27-moddasida har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlangan hamda hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sud qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi belgilangan. Tezisda xabeas korpusning sud hokimiyati mustaqilligi, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi.
Kalit so'zlar: xabeas korpus, shaxs erkinligi, shaxsiy daxlsizlik, inson huquqlari, sud nazorati, davlat hokimiyati, qonun ustuvorligi, hibsga olish, qamoqqa olish, konstitutsiyaviy kafolat.