ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

O‘ZBEKISTONDA MILLIY BIOETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV MODELI VA UNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Mamajonova, Gulnoza Karimovna

Namangan davlat texnika universiteti, falsafa fanlari bo‘yicha PhD, katta o‘qituvchi

2026-10-10 · pp. 220–223 · DOI: 10.5281/zenodo.23281636 · UDK 008

Annotatsiya

Maqolada milliy bioetik madaniyatni institutsional rivojlantirish muammosi xorijiy tajriba va O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy sharoiti kesishmasida tahlil qilinadi. Bioetika faqat tibbiy amaliyotdagi axloqiy qoidalar majmui emas, balki shaxsiy qaror, tashkilot faoliyati, huquqiy tartibga solish, jamoatchilik muloqoti va ilmiy-texnologik innovatsiyalarni o‘zaro bog‘laydigan ko‘p darajali madaniy tizim sifatida talqin etiladi. Xitoy, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va Rossiya tajribalarining ayrim jihatlari qiyosiy ko‘rib chiqilib, ularni tayyor shaklda ko‘chirish emas, balki milliy ehtiyojlarga mos elementlarini integratsiyalash zarurligi asoslanadi. O‘zbekiston uchun aksiologik asos, huquqiy-me’yoriy tizim, institutsional arxitektura, uzluksiz bioetika ta’limi, jamoatchilik muloqoti, mas’ul innovatsiya hamda monitoring va qayta aloqa bloklaridan iborat integrativ model taklif etiladi. Genom tadqiqotlari misolida xabardor rozilik, maxfiylik, oilaviy manfaat, ma’lumotlarning ikkilamchi ishlatilishi va uzoq muddatli nazorat kabi muammolar ushbu modelning amaliy ahamiyatini ko‘rsatishi asoslanadi.

Kalit so'zlar: bioetika, bioetik madaniyat, institutsionallashuv, milliy model, etika qo‘mitasi, xabardor rozilik, genom ma’lumotlari, oilaviy avtonomiya, mas’ul innovatsiya, monitoring.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi