ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

SOVET DAVRIDAGI QATAG‘ON SIYOSATINING O‘ZBEKISTON JAMIYATINING IJTIMOIY VA MA’NAVIY HAYOTIGA TA’SIRI

Qo’ziboyeva, Madinabonu Dilshodbek qizi

Andijon davlat universiteti Huquq-Iqtisod fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2- bosqich talabasi

2026-10-10 · pp. 210–213 · DOI: 10.5281/zenodo.23279709 · UDK 94

Annotatsiya

Ushbu maqolada Sovet davrida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qatag‘on siyosati va uning jamiyatning ijtimoiy hamda ma’naviy hayotiga ta’siri yoritilgan. Qatag‘on siyosati natijasida ko‘plab davlat arboblari, ziyolilar, olimlar, yozuvchi va shoirlar, din vakillari hamda oddiy fuqarolar turli ayblovlar bilan ta’qib qilingan. Ayniqsa, 1937–1938-yillardagi ommaviy qatag‘onlar xalq hayotida chuqur iz qoldirgan. Maqolada qatag‘on siyosatining jamiyatdagi qo‘rquv muhitiga, oilalar hayotiga, milliy ziyolilar faoliyatiga, ta’lim, adabiyot, madaniyat va diniy hayotga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, mustaqillikdan keyin qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash, ularning merosini o‘rganish va tarixiy xotirani qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: qatag‘on, siyosiy repressiya, Sovet hokimiyati, O‘zbekiston, ziyolilar, milliy ong, ma’naviyat, tarixiy xotira, adabiyot, madaniyat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi