QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
QATAG‘ON SIYOSATI VA MILLIY O‘ZLIK: TARIXIY XOTIRANING YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Andijon davlat universiteti, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining milliy o‘zlik va tarixiy xotiraga ta’siri, qatag‘on qurbonlarining ma’naviy merosi hamda uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Unda qatag‘on siyosati natijasida milliy tafakkur, ilm-fan, adabiyot va ma’rifat rivojiga yetkazilgan zarar, qatag‘on qurbonlarining milliy taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari yoritilgan. Shuningdek, tarixiy xotirani asrash va qatag‘on qurbonlari merosini o‘rganishning yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, ajdodlar merosiga hurmat va tarixiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada tarixiy xotirani ta’lim, muzey faoliyati va zamonaviy ma’rifiy vositalar orqali yoshlar ongiga yetkazish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: qatag‘on siyosati, qatag‘on qurbonlari, tarixiy xotira, milliy o‘zlik, ma’naviy meros, yoshlar tarbiyasi, milliy ong, vatanparvarlik, jadidlar, ma’naviy tarbiya.