ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

Qatag‘on davri qurbonlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va bugungi avlod uchun ahamiyati

Umarov, Ismoiljon Olimjonovich; Jumaboyev, Doniyorjon Gʻiyosiddin oʻgʻli

Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti uslubiy tayyorgarlik sikli boshlig‘i
Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi

2026-10-10 · pp. 202–205 · DOI: 10.5281/zenodo.23279703 · UDK 94

Annotatsiya

Ushbu maqolada qatag‘on davri qurbonlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, ularning milliy tafakkur, ilm-fan, adabiyot, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi hamda tarixiy merosining bugungi avlod uchun ahamiyati yoritiladi. XX asrning siyosiy qatag‘onlari natijasida ta’qib va tazyiqqa uchragan millat ziyolilarining ilmiy, ijodiy va ma’rifiy faoliyati tahlil qilinib, ularning milliy o‘zlikni anglash, xalqning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari xotirasini tiklash, ularning boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish va yosh avlodga yetkazishning tarbiyaviy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarixiy xotira va milliy o‘zlikni shakllantirishda qatag‘on qurbonlari merosining o‘rni hamda undan bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: qatag‘on qurbonlari, siyosiy qatag‘on, ma’naviy meros, ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ziyolilar, milliy tafakkur, ilm-fan, adabiyot, yosh avlod.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi