QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA INKLYUZIV YONDASHUVNING XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA ASOSIDA ADAPTIV INTEGRATSIYASI: INKLYUZIV JAMIYAT MODELI
Farg‘ona davlat universiteti Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv jamiyatni shakllantirish zamonaviy ijtimoiy siyosatning ko‘p o‘lchovli yo‘nalishi sifatida tahlil qilinadi. Inklyuziyani faqat ijtimoiy himoya yoki inklyuziv ta’lim doirasida emas, balki ta’lim, bandlik, raqamli xizmatlar, mahalliy boshqaruv va ijtimoiy himoya institutlarining o‘zaro bog‘langan tizimi sifatida tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlilida inklyuziv ta’lim, pedagogik amaliyotlar, sun’iy intellekt ta’siri, mehnat bozorida ish beruvchilarning qarorlari hamda raqamli inklyuziyada esa foydalanish imkoniyati va raqamli tafovut masalalari keng o‘rganildi. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy himoya, mahalla, inklyuziv ta’lim va raqamli davlat xizmatlarining transformatsiyasi xorijiy tajribani mexanik tarzda tadbiq etmaslik va mahalliy institutsional sharoitlarga moslashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Maqolada adaptiv siyosat transferining konseptual ahamiyati asoslandi va inklyuziv siyosatni sektorlararo institutsional hamkorlik asosida rivojlantirish yo‘nalishlari taklif etiladi.
Kalit so'zlar: inklyuziv jamiyat, ijtimoiy himoya, inklyuziv ta’lim, raqamli inklyuziya, raqamli xizmatlar, sun’iy intellekt, mehnat bozori, siyosat transferi, integratsiya, institutsional moslashuv.