QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
ABDULLA QODIRIY (JULQUNBOY) HAYOTI VA IJODIY MEROSINI O‘RGANISHNING TARIXIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Farg’ona davlat universiteti, O‘zbekiston v.b.dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) hayoti va ijodiy faoliyatining tarixiy, adabiy hamda tarbiyaviy jihatlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Adibning milliy uyg‘onish davridagi ma’rifatparvarlik faoliyati, «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlarida ilgari surilgan milliy o‘zlik, tarixiy xotira, insonparvarlik va ijtimoiy adolat g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lishi, uning ijodiy merosiga nisbatan amalga oshirilgan taqiqlar hamda adib hayoti va faoliyatini o‘rganishning zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so'zlar: Abdulla Qodiriy, Julqunboy, jadidchilik, milliy uyg‘onish, o‘zbek romanchiligi, tarixiy xotira, milliy o‘zlik, qatag‘on, ma’naviy meros, vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, yoshlar tarbiyasi.