ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT TAFAKKURIDAGI O‘ZGARISHLARNI TADQIQ ETISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ZARURATI

Suyarkulova, Gulijaxon Zokirovna

Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi

2026-10-10 · pp. 88–90 · DOI: 10.5281/zenodo.23279321 · UDK 1

Annotatsiya

Mazkur maqolaning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat tafakkurida yuz berayotgan o‘zgarishlarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish va ularni tadqiq etishning ijtimoiy zaruratini asoslashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, analiz va sintez hamda umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada jamiyat tafakkuridagi o‘zgarishlarning milliy o‘zlikni anglash, fuqarolik faolligi, tanqidiy fikrlash va inson kapitali rivoji bilan uzviy bog‘liqligi asoslandi. Shuningdek, iqtisodiy-texnologik taraqqiyot, madaniy-axloqiy transformatsiyalar va sotsial-ekologik muammolarning zamonaviy tafakkurga ta’siri yoritildi. Jamiyat tafakkuridagi o‘zgarishlarni tadqiq etish ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va zamonaviy ijtimoiy mentalitetni shakllantirishning muhim ilmiy asosi ekanligi xulosa qilindi.

Kalit so'zlar: jamiyat tafakkuri, ijtimoiy ong, Yangi O‘zbekiston, tafakkur transformatsiyasi, milliy o‘zlik, ijtimoiy mentalitet, inson kapitali, ijtimoiy barqarorlik.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi