QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
RAHBAR BOSHQARUV SALOHIYATINI YUKSALTIRISHNING MA’NAVIY-AXLOQIY OMILLARI
Farg‘ona davlat universiteti Falsafa kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori (DSc)
Annotatsiya
Maqolada rahbar boshqaruv salohiyatini yuksaltirishning ma’naviy-axloqiy omillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Konfutsiy, Imom Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Hojibning rahbar shaxsi va davlat boshqaruviga oid qarashlarining zamonaviy ahamiyati ochib berilgan. Samarali boshqaruvda rahbarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari bilan bir qatorda halollik, adolat, mas’uliyat, xalqparvarlik, shaxsiy namuna va muomala madaniyati kabi fazilatlarning muhim o‘rin tutishi asoslangan. Rahbar kadrlarni tanlash va tayyorlashda intellektual salohiyat bilan birga ma’naviy-axloqiy mezonlarga ham ustuvor ahamiyat berish zarurligi xulosa qilingan.
Kalit so'zlar: rahbar, boshqaruv salohiyati, boshqaruv madaniyati, ma’naviy qadriyatlar, axloqiy fazilatlar, mas’uliyat, shaxsiy namuna, rahbar kadrlar.