ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

1920-YILLARNING IKKINCHI YARMIDA SOVET AGRAR SIYOSATINING QATAG‘ONCHI MOHIYATI: MUSODARA VA TAQSIMOT (HOZIRGI QUVASOY HUDUDI MISOLIDA)

Karimov, Sarvar Fayzillayevich

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-10-10 · pp. 79–83 · DOI: 10.5281/zenodo.23279305 · UDK 94

Annotatsiya

Ushbu maqolada 1920-yillarning ikkinchi yarmida (1925–1929-yillar) Farg‘ona vodiysida, xususan, hozirgi Quvasoy shahri va unga yondosh qishloq jamoalari (tarixiy Marg‘ilon uezdining Qo‘qon-Qishloq va Uchqo‘rg‘on volostlari) doirasida o‘tkazilgan sovet yer-suv islohotining ma’muriy-tashkiliy mexanizmlari, qatag‘onchi xarakteri hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil etilgan. Birlamchi arxiv fondlari materiallaridan foydalangan holda yirik yer egaligi deb topilgan xo‘jaliklarni tugatish amaliyoti, yer, ishchi hayvonlar va qishloq xo‘jalik inventarlarini musodara qilish ko‘lami o‘rganilgan. Shuningdek, dehqon xotin-qizlariga yer ajratish natijalari, berilgan yerlarning meliorativ nochorligi, yerlarni yashirish va poraxo‘rlik holatlari, ochiq ko‘rgazmali sudlar, dehqonlarning noroziliklari hamda 1928–1929-yillardagi ma’muriy surgun va majburiy kolxozlashtirish jarayonlari manbalar asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, Quvasoy, Marg‘ilon uezdi, yer-suv islohoti, musodara, pomeshchik xo‘jaliklari, chorikorlik, quloqlashtirish, qatag‘on, arxiv manbalari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi