QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
AXBOROTLASHGAN JAMIYATNI IJTIMOIY AKSELERATSIYA BILAN BOG‘LASH KONSEPSIYASI
Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada axborotlashgan jamiyat va ijtimoiy akseleratsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning nazariy-konseptual asoslari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi va axborot almashinuvining tezlashuvi natijasida jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning jadallashuvi masalasi yoritiladi. Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi insonlarning ijtimoiy munosabatlari, mehnat faoliyati, turmush tarzi, kommunikatsiya shakllari hamda vaqtni idrok etishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar sur’atining ortishi o‘rtasidagi sababiy hamda funksional aloqalar ochib beriladi. Tadqiqotda axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy akseleratsiya jarayonlari bilan bog‘lashga imkon beruvchi konseptual yondashuv ishlab chiqilib, zamonaviy jamiyat rivojida raqamli texnologiyalar va ijtimoiy jarayonlar tezlashuvining o‘zaro ta’siri asoslanadi.
Kalit so'zlar: axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy akseleratsiya, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot, axborot almashinuvi, ijtimoiy munosabatlar, raqamli transformatsiya, ijtimoiy jarayonlar.