QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
QATAG‘ON QURBONLARI SIYMOSIDA MAS’ULIYATLILIK VA FIDOYILIK: TARIXIY XOTIRANING IJTIMOIY-FALSAFIY MAZMUNI
Farg’ona davlat universiteti f.f.b.f.d (PhD)
Annotatsiya
Maqolada qatag‘on qurbonlari faoliyati mas’uliyatlilik va fidoyilik kategoriyalari asosida ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Tarixiy xotiraning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrash va avlodlararo davomiylikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Mas’uliyatlilik shaxsning jamiyat, millat va kelajak avlod oldidagi burchini anglab, uni amaliy faoliyat orqali namoyon etishi sifatida, fidoyilik esa mazkur mas’uliyatning yuksak ko‘rinishi sifatida talqin etilgan. Jadidlar faoliyati misolida ma’rifat, ta’lim, matbuot, adabiyot va milliy madaniyat rivojiga qaratilgan sa’y-harakatlarning ijtimoiy mas’uliyat mazmuni ochib berilgan.
Kalit so'zlar: qatag‘on qurbonlari, tarixiy xotira, milliy o‘zlik, mas’uliyatlilik, fidoyilik, ma’naviy meros, jadidchilik, ijtimoiy mas’uliyat, tarixiy ong.