QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
JADIDCHILIK HARAKATI : MILLAT KELAJAGI UCHUN KURASH
Farg‘ona davlat universiteti 2- kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining Turkiston tarixidagi o‘rni va millat taraqqiyoti yo‘lidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Jadidchilikning yuzaga kelish sabablari, uning asosiy maqsad va vazifalari hamda xalqning ijtimoiy va ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Jadidlar xalqni jaholatdan chiqarish, ilm-ma’rifatga chorlash, ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamonaviy bilimlar asosida tarbiyalashni o‘z oldilariga muhim maqsad qilib qo‘yganlar. Shu sababli ular yangi usul maktablarini ochib, darsliklar yaratgan, gazeta va jurnallar nashr etgan hamda teatr va adabiyot orqali xalq orasida ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib qilganlar. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va Abdurauf Fitrat kabi jadidlarning faoliyati misolida ularning milliy ongni shakllantirish, xalqni uyg‘otish va jamiyatni rivojlantirish borasidagi xizmatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jadidlarning ozodlik, vatanparvarlik, milliy o‘zlik va taraqqiyot haqidagi qarashlariga e’tibor qaratiladi. Ularning faoliyati o‘z davri uchun katta jasorat talab qilgan bo‘lsa-da, jadidlar millat kelajagi uchun kurashishdan qaytmaganlar. Maqolaning asosiy maqsadi jadidchilik harakatining nafaqat tarixiy, balki bugungi kun uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatishdir. Jadidlarning ilm, ta’lim, ma’rifat va taraqqiyotga oid qarashlari hozirgi yosh avlod uchun ham ibrat bo‘la oladi. Shu jihatdan jadidlar merosini o‘rganish va uni yoshlar ongiga yetkazish milliy tariximizni chuqur anglashda muhim o‘rin tutadi.
Kalit so'zlar: jadidchilik, jadidlar, Turkiston, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Munavvarqori, yangi usul maktablari, ta’lim, ilm-ma’rifat, milliy ong, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, taraqqiyot, istiqlol, ozodlik, matbuot, adabiyot, teatr, darslik, milliy meros, yoshlar, tarixiy xotira.