ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS

SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIDA INSON QADRI TAMOYILI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

Sodiqova, Maxbubaxon Raxmonaliyevna

Farg‘ona davlat universiteti, milliy g‘oya kafedrasi o‘qituvchisi

2026-10-10 · pp. 30–33 · DOI: 10.5281/zenodo.23279205 · UDK 32

Annotatsiya

Mazkur maqolada siyosiy partiyalarning inson qadrini ta’minlashdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Inson qadri tushunchasining mazmuni, uning demokratik jamiyat va fuqarolik institutlari faoliyatidagi ahamiyati ochib beriladi. Siyosiy partiyalarning fuqarolar manfaatlarini ifodalash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlash, davlat boshqaruvida fuqarolarning siyosiy ishtirokini kengaytirishdagi vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlari inson qadri mezoni asosida qiyosiy o‘rganilib, ularning inson manfaatlarini siyosiy jarayonlarga olib kirish imkoniyatlari baholanadi. Maqolada siyosiy partiyalar faoliyatini inson qadri mezoni asosida baholashning mualliflik yondashuvi ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: inson qadri, siyosiy partiya, fuqarolik jamiyati, siyosiy vakillik, inson huquqlari, ijtimoiy adolat, tenglik, siyosiy faollik, demokratik qadriyatlar, fuqarolar manfaatlari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi