QATAG‘ON QURBONLARI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA MILLIY-MADANIY MAZMUNDAGI MATERIALLARDAN FOYDALANISH ORQALI TALABALARDA MILLIY G‘OYANI SHAKLLANTIRISH
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi
Filologiya fanlari doktori (Dsc) Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dotsenti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida milliy-madaniy mazmundagi ta’lim materiallaridan foydalanish orqali talabalarda milliy g‘oyani shakllantirishning pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xorijiy til ta’limi faqat lingvistik bilim va kommunikativ ko‘nikmalarni egallash vositasi emas, balki talabalarning milliy o‘zligini anglash, o‘z xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini rivojlantiruvchi muhim ta’limiy muhit sifatida qaraladi. Maqolada ingliz tili mashg‘ulotlarida o‘zbek xalqining tarixiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, madaniy obidalari, buyuk ajdodlari va zamonaviy taraqqiyoti bilan bog‘liq materiallardan foydalanishning metodik jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: ingliz tili, xorijiy til ta’limi, milliy g‘oya, milliy qadriyatlar, milliy-madaniy materiallar, lingvokulturologiya, madaniyatlararo kommunikatsiya, milliy identitet, kommunikativ kompetensiya, talabalar.