ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

YANGI O‘ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR HUQUQRINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI VA IJTIMOIY INTEGRATSIYASI: MILLIY AMALIYOT HAMDA XALQARO TAJRIBA

Yo‘ldashev, Dilmurod

Farg‘ona Davlat Universiteti doktoranti

2026-11-14 · pp. 672–675 · DOI: 10.5281/zenodo.24278144 · UDK 34

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyatga to‘laqonli integratsiyalashuvi hamda inklyuziv muhitni shakllantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi normalarining milliy qonunchilikka implementatsiyasi, xususan, “oqilona moslashtirish” va kamsitmaslik kafolatlari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilgan. Shaharsozlik, transport va axborot infratuzilmasidagi universal dizayn talablari hamda mehnat bozoridagi 3 foizlik kvotalash tizimining amaliy samaradorligi empirik ma’lumotlar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalari qiyoslanib, an’anaviy “tibbiy model”dan JSSTning ICF tasnifiga asoslangan “ijtimoiy-huquqiy model”ga to‘liq o‘tish, “Jarima — Rag‘bat” maxsus jamg‘armasini tashkil etish hamda davlat qabul komissiyalarida nogironlar jamoat tashkilotlariga majburiy veto huquqini berish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

ORGANIZATIONAL-LEGAL MECHANISMS FOR ENSURING THE RIGHTS OF PERSONS WITH DISABILITIES AND THEIR SOCIAL INTEGRATION IN NEW UZBEKISTAN: NATIONAL PRACTICE AND INTERNATIONAL EXPERIENCE

Kalit so'zlar: nogironlar huquqlari, ijtimoiy model, inklyuziv jamiyat, BMT Konvensiyasi, oqilona moslashtirish, universal dizayn, to‘siqlarsiz muhit, bandlik kvotasi, ICF, Janubiy Koreya tajribasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi