MAHALLALARDA INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA VENCHUR MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARIDAN FOYDALANISH
Farg’ona Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo'nalishi 1-kurs magistranti
Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi, PhD
Annotatsiya
Ushbu tezisda mahalla darajasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy muammolarga texnologik yechimlar yaratish va istiqbolli startaplarni moliyalashtirishda venchur kapitaldan foydalanishning iqtisodiy imkoniyatlari tadqiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasida 2024–2026-yillarda startap ekotizimi va venchur moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratilgan institutsional islohotlar tahlil qilinadi. Mahalla, oliy ta’lim muassasasi, inkubator yoki akselerator, venchur fond va mahalliy boshqaruv o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy model taklif etiladi. Taklif etilayotgan yondashuv innovatsion g‘oyani aniqlashdan tortib prototiplash, investitsiya jalb qilish, bozorga chiqarish va natijalarni monitoring qilishgacha bo‘lgan jarayonni yagona tizimga birlashtirishga qaratilgan.
UTILIZING VENTURE FINANCING MECHANISMS TO DEVELOP INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP IN NEIGHBORHOODS
Kalit so'zlar: mahalla, innovatsion tadbirkorlik, startap, venchur moliyalashtirish, venchur kapital, innovatsion ekotizim, raqamli iqtisodiyot.