ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

SPORT INVENTARLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNING “JONLI LABORATORIYA” MODELINI TAKOMILLASHTIRISH

Xamraqulov, Ixtiyor Baxtiyorovich

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona davlat texnika universiteti doktoranti

2026-11-13 · pp. 642–645 · UDK 658

Annotatsiya

Mazkur maqolada sport inventarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot sifati va xavfsizligini boshqarishning innovatsion yondashuvlari tadqiq etilgan. Laboratoriya sinovlari, real foydalanish sharoitidagi kuzatuvlar va servis natijalarini yagona boshqaruv tizimiga integratsiyalashga asoslangan “jonli laboratoriya” modelining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Sport inventarlarini ishlab chiqarish jarayonida sifat nazoratini takomillashtirish, iste’molchilar bilan qayta aloqa mexanizmini shakllantirish hamda mahsulot konstruksiyasini uzluksiz rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati asoslangan. “Baliqchi sport inventarlari sinov markazi”ni tashkil etish loyihasining investitsion ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, mahalla va xonadon sport zallaridan amaliy sinov muhiti sifatida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sport inventarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Improving the “Living Laboratory” Model for Product Quality Management in Enterprises Manufacturing Sports Equipment

Kalit so'zlar: sport inventarlari, mahsulot sifati, jonli laboratoriya, innovatsion faoliyat, laboratoriya sinovlari, standartlashtirish, sertifikatlash, investitsiya samaradorligi, raqobatbardoshlik, qayta aloqa.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi