XUDUDLARDA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada hududlarda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy va institutsional asoslari, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, imtiyozli kreditlar ajratish, investitsiyalarni jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay biznes muhitini shakllantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Hududlarning iqtisodiy salohiyati, mavjud resurslari va mehnat bozoridagi imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy iqtisodiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot yakunida yoshlar tadbirkorligini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning nazariy-amaliy jihatlari asoslangan.
IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS FOR MANAGING THE DEVELOPMENT OF YOUTH ENTREPRENEURSHIP IN THE REGIONS
Kalit so'zlar: Yoshlar tadbirkorligi, hududiy rivojlanish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, tadbirkorlik faoliyati, yoshlar bandligi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsiya, biznes muhiti, innovatsiya, iqtisodiy samaradorlik.