XUSUSIY UY-JOY FONDIDAN KOʻCHIRISH NIZOLARIDA FUQAROLIK QONUNCHILIGI VA QONUN ANALOGIYASINI QOʻLLASH MUAMMOLARI
Fargʻona davlat universiteti Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya
Maqolada xususiy uy-joy fondidan majburiy koʻchirishga oid nizolarni hal etishda fuqarolik va uy-joy qonunchiligi normalarining oʻzaro nisbati, umumiy va maxsus huquqiy tartibga solish chegaralari hamda qonun analogiyasidan foydalanishning yuridik shartlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida uy-joy munosabatlarida huquqiy boʻshliq mavjudligini aniqlash, fuqarolik qonunchiligini bevosita, subsidiar va analogiya boʻyicha qoʻllashni farqlash, shuningdek, davlat uy-joy fondiga oid normalarni xususiy uy-joy fondida yuzaga kelgan nizolarga tatbiq etishning huquqiy chegaralarini belgilash masalalari tahlil qilingan. Fuqarolik kodeksining 2 va 5-moddalari, Uy-joy kodeksining 1, 8 va 32-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 14-moddasi oʻrtasidagi normativ bogʻliqlik asosida sud tomonidan huquq normasini tanlashning bosqichma-bosqich mezonlari taklif etilgan. Tadqiqot natijasida Uy-joy kodeksida qonun va huquq analogiyasini qoʻllashning umumiy shartlari va cheklovlarini aniq belgilash zarurligi asoslanib, tegishli qonunchilik normasining mualliflik loyihasi ishlab chiqilgan.
PROBLEMS OF APPLYING CIVIL LEGISLATION AND ANALOGY OF LAW IN DISPUTES CONCERNING EVICTION FROM PRIVATE HOUSING STOCK
Kalit so'zlar: xususiy uy-joy fondi, davlat uy-joy fondi, turar joydan koʻchirish, mulk huquqi, turar joydan foydalanish huquqi, fuqarolik qonunchiligi, maxsus huquqiy norma, qonun analogiyasi, huquq analogiyasi, huquqiy boʻshliq, sud amaliyoti.