BANK XIZMATLARIDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: IQTISODIY SAMARADORLIK, MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Fargʻona davlat texnika universiteti Magistrant, Raqamli iqtisodiyot yoʻnalishi
Annotatsiya
Mazkur tezisda raqamli transformatsiya sharoitida bank xizmatlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy ahamiyati, samaradorlikka taʼsiri va mavjud muammolari tadqiq etilgan. Xususan, sunʼiy intellekt yordamida bank operatsiyalarini avtomatlashtirish, kredit risklarini baholash, mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash imkoniyatlari oʻrganilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonning TBC Bank Uzbekistan faoliyati misolida sunʼiy intellekt texnologiyalarining amaliy qoʻllanilishi tahlil qilinib, bank tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
THE USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES IN BANKING SERVICES: ECONOMIC EFFICIENCY, CHALLENGES, AND DEVELOPMENT PROSPECTS
Kalit so'zlar: : raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot, bank xizmatlari, iqtisodiy samaradorlik, avtomatlashtirish, moliyaviy texnologiyalar, kredit riski.