ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

EMIL DYURKGEYMNING IJTIMOIY INTEGRATSIYA NAZARIYASI O‘ZBEKISTON JAMIYATI KONTEKSTIDA: MAHALLA VA OILA INSTITUTI MISOLIDA

Azimova, Madinaxon Mahamadjon qizi

Farg‘ona Davlat Universiteti Sotsiologiya yo’nalishi talabsi(Bakalavr)

2026-11-09 · pp. 582–588 · DOI: 10.5281/zenodo.24091887 · UDK 316

Annotatsiya

Ushbu maqolada Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymning «Suitsid» (1897) asarida ilgari surilgan ijtimoiy integratsiya nazariyasi hamda u bilan bog‘liq anomiya konsepsiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur nazariy yondashuvning zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida, xususan, mahalla va oila institutlari faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil va ikkilamchi statistik ma’lumotlarni o‘rganish usullaridan foydalanilgan. Mahalla va oila institutlarining kollektiv ongni shakllantirish, ijtimoiy me’yorlarni uzatish, o‘zaro yordam hamda ijtimoiy nazoratni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shu bilan birga, urbanizatsiya, migratsiya va raqamlashtirish jarayonlarining an’anaviy ijtimoiy integratsiya mexanizmlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Dyurkgeym nazariyasining zamonaviy O‘zbekiston jamiyatidagi ijtimoiy munosabatlarni tushuntirish imkoniyatlari hamda mahalla va oila institutlarining integratsion salohiyati asoslab beriladi.

Émile Durkheim’s Theory of Social Integration in the Context of Uzbek Society: The Case of the Mahalla and the Institution of the Family

Kalit so'zlar: ijtimoiy integratsiya, anomiya, Emil Dyurkgeym, mahalla instituti, oila instituti, kollektiv ong, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy me’yorlar, O‘zbekiston jamiyati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi