ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar(Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: transmilliy muammolar va ularni hal etish mexanizmlari)”

OʻZBEKISTONDA IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLARNI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI: XALQARO STANDARTLAR VA MILLIY YECHIMLAR

Akbarov, Azizbek Anvarjon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti, Huquqshunoslik fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-kurs talabasi

2026-11-09 · pp. 545–558 · UDK 342

Annotatsiya

Maqolada O'zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlashning konstitutsiyaviyhuquqiy asoslari xalqaro standartlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan mehnat, ijtimoiy ta'minot, uy-joy, sog'liqni saqlash, ta'lim va madaniy huquqlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari o'rganiladi. Formal-yuridik, tizimli, qiyosiy-huquqiy va statistik usullardan foydalanilib, milliy kambag'allik darajasi dinamikasi huquqlarni ta'minlashning ijtimoiy-iqtisodiy fonini baholash uchun tahlil qilinadi. Natijada konstitutsiyaviy kafolatlar va amaliy ijro o'rtasidagi bog'liqlik, hududiy tenglik, xizmatlar sifati hamda huquqiy himoya mexanizmlarining ahamiyati ochib beriladi. Huquqlarni baholash indikatorlarini takomillashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo'yicha takliflar beriladi

CONSTITUTIONAL AND LEGAL FOUNDATIONS FOR ENSURING ECONOMIC, SOCIAL AND CULTURAL RIGHTS IN UZBEKISTAN: INTERNATIONAL STANDARDS AND NATIONAL SOLUTIONS

Kalit so'zlar: iqtisodiy huquqlar, ijtimoiy huquqlar, madaniy huquqlar, Konstitutsiya, xalqaro standartlar, ijtimoiy davlat, kambag'allik, huquqiy kafolatlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi