FARG‘ONA VODIYSI TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING RO‘LI
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona vodiysi paxta-to‘qimachilik klasterlarining eksport salohiyatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni tadqiq etilgan. 2024–2026-yillardagi respublika va viloyat statistika ma’lumotlari asosida to‘qimachilik eksportining dinamikasi va tarkibi taqqoslanuvchi davrlar kesimida tahlil qilingan. Yarim tayyor mahsulotlar hamon tarmoq eksportining qariyb 45 foizini tashkil etishi, vodiy viloyatlarida to‘qimachilik hudud eksportining 42–57 foizini berishi hamda viloyatlar eksport tarkibi keskin farqlanishi (Farg‘onada ip-kalava ulushi 54 foiz, Andijonda tayyor mahsulot ulushi qariyb 70 foiz) aniqlangan. Mamlakatdagi kuzatuvchanlik pilot loyihalari asosida korxona, klaster va hudud darajalarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning tabaqalashtirilgan konseptual mexanizmi taklif etilgan.
THE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN ENHANCING THE EXPORT POTENTIAL OF TEXTILE CLUSTERS IN THE FERGANA VALLEY
Kalit so'zlar: klaster, to‘qimachilik sanoati, eksport salohiyati, raqamli transformatsiya, qo‘shilgan qiymat zanjiri, kuzatuvchanlik, Farg‘ona vodiysi.