MUSIQA TA’LIMIDA INTERAKTIV METODLARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik fakulteti musiqiy ta’lin va madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada musiqa ta’limida interaktiv metodlarning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim olish huquqi va madaniy hayotda ishtirok etish huquqi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning ajralmas tarkibiy qismi ekanligi nuqtayi nazaridan musiqa ta’limining sifati va inklyuzivligi masalasi yoritilgan. Muallif interaktiv metodlarning mohiyatini, ularning musiqa darslarida qo‘llanilish shakllarini («Aqliy hujum», «Klaster», «Case-study», «Rolli o‘yin», «Ansambl ijrosi», «Loyiha metodi», raqamli vositalar) hamda ularning o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi samaradorligini ko‘rib chiqadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar o‘quvchilarning faolligini, ijodiy tafakkurini, hamkorlik ko‘nikmalarini va milliy hamda jahon musiqa merosiga qiziqishini oshiradi, shu orqali madaniy huquqlarning amalda ro‘yobga chiqarilishiga xizmat qiladi.
DIDACTIC POSSIBILITIES OF INTERACTIVE METHODS IN MUSIC EDUCATION
Kalit so'zlar: musiqa ta’limi, interaktiv metodlar, didaktik imkoniyatlar, madaniy huquqlar, kompetensiya, hamkorlikda o‘qitish, ijodiy faollik, inklyuziv ta’lim.