FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK ASOSLARI VA TARKIBINING (GʻAYRIHUQUQIY XULQ-ATVOR, ZARAR, SABABIY BOGʻLANISH VA AYB) TRANSFORMATSIYASI
Fargʻona davlat universiteti Huquqshunoslik fakulteti “Maxsus huquqiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt (AI) tizimlari, neyrotarmoqlar va avtonom qurilmalar rivojlangan davrda fuqarolik-huquqiy javobgarlik tarkibi anʼanaviy elementlarining transformatsiyalashuv jarayonlari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Muallif tomonidan fuqarolik-huquqiy javobgarlikning toʻrtta klassik elementi – gʻayrihuquqiy xulq-atvor, zarar, sababiy bogʻlanish va ayb mezonlarining zamonaviy fuqarolik muomalasidagi yangi namoyon boʻlish shakllari, ularni huquqiy kvalifikatsiya qilish muammolari va doktrinal ziddiyatlari atroflicha tahlil qilingan. Ayniqsa, raqamli makonda “aybsiz javobgarlik” institutining kengayishi, sunʼiy intellektning avtonom xulq-atvori sharoitida ayb va delikt subyekti masalasi, “qora quti” (black box) fenomeni sharoitida sababiy bogʻlanishni aniqlash muammolari hamda virtual zararning (nomuddiy raqamli aktivlarning yoʻqotilishi) fuqarolik-huquqiy tabiati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini modernizatsiya qilish va raqamli voqelikka moslashtirish boʻyicha fundamental ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
TRANSFORMATION OF THE GROUNDS AND ELEMENTS OF CIVIL LIABILITY (UNLAWFUL CONDUCT, HARM, CAUSATION AND FAULT)
Kalit so'zlar: fuqarolik-huquqiy javobgarlik, gʻayrihuquqiylik, raqamli zarar, sababiy bogʻlanish, sunʼiy intellekt aybi, delikt subyekti, avtonom tizimlar, qora quti fenomeni, transformatsiya, fuqarolik huquqi.